Gabriel «Arsenal» tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi bo'lishga yana bir qadam yaqinlashdi

Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Gabriel dos Santos klub rekordiga bir qadam yaqinlashdi.
Braziliyalik futbolchi seshanba kuni "Aston Villa"ga qarshi kechgan va londonliklarning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda gol urdi. Gabrielning hisobida "kanonirlar" safida APL doirasida kiritilgan 19ta gol bor - bu klubning barcha markaziy himoyachilari orasida tarixdagi ikkinchi ko'rsatkichdir. Frantsiyalik Loran Koselni (22) rekordchi bo'lib qolmoqda. Uchinchi pog'onada Tomas Vermalen - 13.
Gabriel dos Santos "Arsenal" safida 2020 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Angliya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli futbolchi 13 ta bahsda ikki marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.