Gabriel Magalyaes "Arsenal"ning APLdagi eng sermahsul himoyachisi bo'lishga yaqin turibdi.

Bugun braziliyalik futbolchi Angliya chempionatining 20-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Bornmut" (3:2) darvozasini ishg'ol qildi. Bu Gabrielning 2020 yilda London jamoasiga o'tganidan buyon Premer-ligadagi 20-goli bo'ldi.

"Kanonirlar" safida milliy chempionat doirasida faqat bir himoyachi ko'proq gol urgan - Loran Koselni. Frantsiyalik futbolchi hisobida ushbu turnirda 22ta gol bor.

Bu ko'rsatkich bo'yicha uchinchi o'rinni Tomas Vermalen (13 gol), to'rtinchi o'rinni Toni Adams va Uilyam Gallas (12 tadan), beshinchi pog'onani Kolo Ture (9) egallagan.