O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Italiyaning «Milan» klubi Chempionlar ligasiga chiqa olmay, o'z ishqibozlarini xafa qilgan edi. Ammo Evropa Ligasi ham klub uchun jozibador va muhim maqsad hisoblanadi, dedi klub himoyachisi Mattia Gabbiya.

«Jerri Kardinale — juda ambitsiyali inson va u bizdan mutlaqo boshqa darajada o'yin ko'rsatishni talab qilmoqda. Evropa Ligasi biz uchun ortiqcha yuk yoki ballast emas, balki g'alaba qozonishni istayotgan muhim turnirimizdir. Biz may oyigacha ushbu musobaqada zafar quchish holatida bo'lishimiz kerak», — deydi Gabbiyaning so'zlarini Corriere dello Sport.

Ma'lumot uchun, «Milan» ilgari hech qachon Evropa Ligasida yoki undan oldingi UEFA Kubogida g'olib chiqmagan. Ammo «rossoneri»lar o'z tarixida rosa 7 marotaba Chempionlar kubogi/ligasini boshi ustida baland ko'tarishgan.

Manba: Stadion.uz