Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi G'ulomjon Abdullaev Xorvatiyada o'tayotgan jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi.

Hamyurtmiz uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda shimoliy makedoniyalik Vladimir Egorov ustidan g'alaba qozondi. Bu Abdullaevning jahon chempionatlaridagi dastlabki medali bo'ldi.

Manba: stadion.uz