Bugun Xorvatiya mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatida uchinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar a'zosi gilamga chiqadi.

Ortda qolgan kun Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari sovrindori G'ulomjon Abdullaev yarim finalda qirg'izistonlik Bekzat Almaz uluga imkoniyatni boy berdi. Endi u bugun bronza medali uchun bellashadi. Abdullaevning bu bosqichdagi raqibi kun davomida ma'lum bo'ladi. Shuningdek, bugun Umidjon Jalolov va Laylo Sobirova saralash bellashuvlarini o'tkazishadi.

-65 kg: Umidjon Abdullaev – Nino Leutert (Shveysariya)
-59 kg: Laylo Sobirova – Nadzeya Bulanaya (Neytral sportchi)