Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan «G'azalkent» jamoasi o'z tarixida birinchi marta o'quv-mashg'ulot yig'inini xorijda o'tkazadi. Shu maqsadda, jamoa ertaga Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketadi.

Jamoamiz 4 fevraldan 4 martga qadar Antaliyada bo'lib, yangi mavsumga tayyorgarlik ko'radi. U erda futbolchilar jismoniy va taktik holatini yaxshilash ustida ishlaydilar.

Shuningdek, yig'in davomida bir qator xorijiy klublar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Manba: https://t.me/gazalkent_fc