«G'azalkent» klubi Antaliyadagi yig'in doirasidagi beshinchi nazorat uchrashuvida Gruziyaning amaldagi chempioni - «Iberiya» klubining U-23 jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda vakillarimiz 4:2 hisobida g'alabaga erishishdi. Jamoa safida Umid Turg'unov dubl qayd etgan bo'lsa, Avduvakil Hikmatullaev va Ivan Korshunov ham maydonni golsiz tark etmadi.

Nazorat o'yini. Turkiya, Antaliya
«G'azalkent» - Iberiya 4:2
Gollar: Umid Turg'unov 11, 16, Abduvakil Hikmatullaev 13, Ivan Korshunov 60

Manba: https://t.me/gazalkent_fc