Italiyalik sobiq futbolchi, "Latsio"dagi faoliyati bilan mashhur bo'lgan Paolo Di Kanio  "Milan"ga o'tgan Niklas Fyulkrugning o'yinini yuqori baholaydi.

"Menga Fyulkrug yoqadi. U "Vest Xem"da ko'plab jarohatlarga uchragan edi, lekin men undan "Milan"da ko'p narsa kutaman; u jarima maydonchasida ustunlik qiladi.

Loftus-Chik bilan birgalikda ular "Milan"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishlari mumkin", dedi Di Kanio.