Futzal, Osiyo kubogi saralashi. O'zbekiston milliy jamoasi uchinchi turda Qirg'iz Respublikasiga imkoniyatni boy berdi, ammo...

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy jamoasi Osiyo kubogi saralashi doirasida Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yin o'tkazdi.
F guruhi etakchilar o'rtasidagi bahsda Qirg'iz Respublikasi 3:2 hisobida vakillarimizni mag'lub etdi.
Mezbonlar guruhda 9 ochko bilan peshqadam bo'ldi. O'zbekiston 6 ochko bilan ikkinchi o'rinda Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi-2026 yo'llanmasiga ega chiqdi.
O'zbekiston — Qirg'iz Respublikasi - 2:3
Gollar: 0:1 — Maksat Alimov (14'), 0:2 — Samat Janat uulu (22"), 0:3 — Kayrat Kubanichov (25'), 1:3 — Husniddin Nishonov (38'), 2:3 — Ilhom Hamroev (39")
O'zbekiston: Abbosbek O'lmasbekov, Mashrab Odilov, Ilhomjon Hamroev, Akbar Usmonov, Husniddin Nishonov.
Zaxira: Abror Ahmednyazov, Davlat Ibragimov, Shahzodjon Sa'diev, Elbek To'lqinov, Behruz Samiev, Muzaffar Ahadjonov, Eldor Nigmatov, Shavkat Ibragimov, Muhammadali Husanboev.
Qirg'iz Respublikasi: Ulan Chorobek uulu, Doniyor Amanbaev, Shoxrux Maxmadaminov, Kayrat Kubanichov, Samat Janat uulu.
Zaxira: Bekbolot Akmataliev, Kanat Sadykov, Erbol Doolotov, Semetey Murzakulov, Denis Amandik uulu, Maksat Alimov, Muxammed Askarbekov, Islam Turatbekov, Arhat Medetbekov.