Indoneziya mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha Osiyo kubogida bugun chorak final o'yinlari o'tkazildi.

Kunni Eron - O'zbekiston uchrashuvi boshlab berdi. Unda forslar 7:4 hisobida g'alaba qozondi.

Tailand - Iroq bahsida iroqliklar 4:2 hisobida ustun kelishdi.

Indoneziya qiyinchilik bilan Vetnamni enggan bo'lsa (3:2), Yaponiya Afg'onistonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:0.

Yarim final juftliklari bilan tanishing.

Iroq - Eron
05.02.2026. 13:00

Indoneziya - Yaponiya
05.02.2026. 17:00

Manba: www.stadion.uz.