2026 yilda Indoneziya mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Osiyo kubogiga saralash bahslari bo'lib o'tmoqda. "F" saralash guruhiga Bishkek shahri mezbonlik qilmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi bugun guruhdagi ikkinchi o'yinni o'tkazdi. Nodir Eliboev jamoasiga bu safar Sharqiy Timor raqiblik qildi. Jamoamiz mazkur o'yinda 7:1 hisobida g'alaba qozondi.

Termamiz safida Shahzodjon Sadiev dublga erishgan bo'lsa, yana besh futzalchi bittadan gol muallifi bo'ldi. Jamoamiz birinchi bo'limda raqib darvozasini bir marta ishg'ol qilgan bo'lsa, ikkinchi taymda 4 marta Timor darvozasiga yo'l topdi. Raqib esa 37-daqiqada bitta javob to'pini kiritdi.

O'zbekiston 1-turda ham Falastinni 7:1 hisobida mag'lub etgandi. Shu bois, jamoamiz Osiyo kubogi yo'llanmasini deyarli hal qildi. 24 sentyabr kuni futzalchilarimiz Qirg'izistonga qarshi maydonga tushadi. Bu jamoa birinchi turda Sharqiy Timorni 9:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, bugun Falastinga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, 8ta saralashguruhi g'oliblari va ikkinchi o'rinni egallaganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan 7 ta jamoa Osiyo kubogi final bosqichiga chiqadi.

Futzal bo'yicha Osiyo kubogi-2026 saralashi
O'zbekiston - Sharqiy Timor 7:1

Gollar: 1:0 — Mashrab Adilov (2'), 2:0 — Husniddin Nishonov (3'), 3:0 — Eldor Nigmatov (17'), 4:0 — Shahzodjon Sa'diev (27'), 5:0 — Muzaffar Ahadjonov (34'), 6:0 — Shahzodjon Sa'diev (34'), 6:1 — Ruben Faria Borges (37'), 7:1 — Elbek To'lqinov (40')

O'zbekiston: (boshlang'ich beshlik) Shavkat Ibragimov, Mashrab Adilov, Ilhomjon Hamroev, Akbar Usmonov, Husniddin Nishonov.

Zaxira: Abbosbek O'lmasbekov, Abror Axmedzyanov, Davlat Ibragimov, Shahzodjon Sa'diev, Elbek To'lqinov, Behruz Samiev, Muzaffar Axadjonov, Eldor Nigmatov, Muhammadali Xusanboev.

Manba: stadion.uz