III Osiyo yoshlar o'yinlariga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini poytaxtimizda olib borayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida qirg'izistonlik tengdoshlariga qarshi ko'rik-nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Bahs hamyurtlarimizning to'liq ustunligi ostida o'tdi va Dilshod Rahmatov shogirdlari yirik hisobda g'alaba qozondi.

E'tiborli jihati, har ikki taym bir xil — 4:1 hisobi bilan yakunlandi. Yakuniy hisob esa 8:2 ko'rinishida bo'ldi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan