Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga 3-tur bahslari yakunlanganidan so'ng, milliy terma jamoamiz Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.

Bosh murabbiy Nodir Eliboev boshchiligidagi murabbiylar shtabi yig'in davomida futzalchilarning jismoniy holati, o'yin amalyoti va ruhiy tayyorgarligini inobatga olgan holda tarkibda ayrim kichik o'zgarishlarni amalga oshirdi.

Ertaga, 16 oktyabr kuni Qozog'iston terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan nazorat – o'rtoqlik uchrashuvida quyidagi futzalchilar milliy jamoamiz safida maydonga tushishlari kutilyapti:

O'zbekiston milliy terma jamoasi:

Darvozabonlar:
Shavkat Ibragimov (“Oil Star”)
Mirislom Miraliev (OKMK)
Doniyor Umarov (“Lokomotiv”)

Himoyachilar:
Mashrab Odilov ("BMB PFC")
Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”)
Shahzod Sa'diev ("BMB PFC")

Qanot o'yinchilari:
Shahram Faxriddinov (OKMK)
Eldor Nig'matov (“Lokomotiv”)
Xayrulla Solixov (OKMK)
Muhammadali Xusanboev ("BMB PFC")

Qanot hujumchilari:
Elbek To'lqinov (“Oil Star”)
Abror Ahmedzyanov (OKMK)
Ixtiyor Ropiev ("Nasaf")
Samariddin Berkinov (“Oil Star”)
Daler Eshonqulov ("Dinamo")

Hujumchilar:
Muzaffar Ahadjonov ("BMB PFC")
Artur Umurov ("Oil Star")

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan