Indoneziyada bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo kubogida guruh bosqichi yakuniga etib, chorak finalga chiqqan jamoalar aniq bo'ldi.

"C" guruhida 2-o'rinni egallagan O'zbekiston chorak finalda "D" guruhi g'olibi Eronga qarshi maydonga chiqadigan bo'ldi. Mazkur o'yin 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 11:00da boshlanadi.

3-fevral, seshanba

Eron – O'zbekiston

Manzil: Jakarta xalqaro velodromi
Boshlanish vaqti: 11:00

Iroq – Tailand
Manzil: Indonesia Arena
Boshlanish vaqti: 13:00

Yaponiya – Afg'oniston
Manzil: Jakarta xalqaro velodromi
Boshlanish vaqti: 15:00

Indoneziya – Vetnam
Manzil: Indonesia Arena
Boshlanish vaqti: 17:00

Manba: stadion.uz