Futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etdi

O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida to'p surgan futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etdi. Bu haqda Hannews.kz nashri xabar bermoqda.
Avilov faoliyati davomida mamlakatning bir qator etakchi klublari — “Paxtakor”, “Navbahor”, “Andijon”, “Qo'qon-1912” va “Turon” jamoalarida o'ynagan. Uning so'nggi jamoasi Toshkentning “Do'stlik” klubi bo'ldi. Futbolchi mazkur jamoa safida 2024-yildan buyon harakat qilib kelayotgan edi.
Xushnudbek Avilov o'z vaqtida O'zbekistonning U-19, U-21 va U-22 terma jamoalariga ham chaqirilgan va xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qilgan.
Hozircha futbolchining o'limi sabablari ochiqlanmagan.
Manba: daryo.uz