Futbol qoidalarida inqilobiy o'zgarishlar kutilmoqda!

IFAB (Futbol qoidalarini tartibga soluvchi tashkilot) Londondagi yig'ilishida bir qator yangiliklarni muhokama qildi. Ushbu qoidalar 28 fevral kuni bo'lib o'tadigan Bosh Assambleyada rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.
Kutilayotgan asosiy o'zgarishlar:
VAR va burchak to'plari: Endi VAR hakamlari noto'g'ri belgilangan burchak to'plarini tuzatish huquqiga ega bo'ladi.
Ikkinchi sariq kartochka: VAR xato berilgan va qizil kartochkaga sabab bo'lgan (ikkinchi) sariq kartochkalarni tekshirishi mumkin bo'ladi.
8 soniya qoidasi: Endi nafaqat darvozabonlar, balki to'pni o'yinga kiritish (aut) va darvozadan to'pni tepib berishda ham 8 soniyalik cheklov amal qiladi.
Tezkor almashtirish: Zaxiraga olinayotgan futbolchi maydonni 10 soniya ichida tark etishi shart. Aks holda sanktsiyalar qo'llanilishi mumkin.
Qachondan kuchga kiradi?
Qoidalar odatda 1 iyundan boshlab kuchga kiradi. Bu degani, ushbu yozda AQSh, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan JCh-2026 turniri yangi qoidalar ostidagi ilk katta musobaqa bo'lishi mumkin!
Asosiy shart: VAR tekshiruvlari o'yinni to'xtatib qo'ymasligi va sur'atni tushirmasligi kerak. Ayniqsa, burchak to'plarini tekshirish tezkor amalga oshirilishi shart.