Futbol agenti: «Abbos Fayzullaevning Turkiyaga yaxshi pulga sotilishi — TsSKAning emas, balki O'zbekiston terma jamoasining xizmatidir»

Jurnalist Aleksandr Troitskiy futbol agenti Dmitriy Selyuk bilan Markaziy Osiyo futboli haqida suhbatlashdi.
— Rossiya klublari legionerlarni olib-sotib pul topishni umuman bilmaydi. So'nggi yillarda birorta arzirli bitimni ayta olasizmi?
— Abbos Fayzullaev.
— Abbosning Turkiyaga foydali transferi avvalo O'zbekiston terma jamoasining ajoyib o'yini bilan bog'liq. Fayzullaev jamoaning muhim qismi edi. Bu erda TsSKAning xizmati minimal. O'tgan mavsumda u ko'pincha asosiy tarkibdan o'rin olmadi, natijalariga ham ta'sir qildi. Terma jamoada esa aksincha bo'ldi: u asosiy futbolchilardan biri bo'ldi va jamoa jahon chempionatiga yo'l oldi.
— Aytgancha, TsSKAning ba'zi muxlislari ochiq-oydin yozganki, Abbos ikkinchi mavsumida klubdan ko'ra ko'proq terma jamoaga e'tibor qaratgan.
— Qarang, hamma narsa aniq-ku.