Angliyaning «Fulhem» klubi rasmiy saytida bo'lajak 2026/2027 yilgi mavsum uchun mo'ljallangan asosiy uy libosini taqdim etdi.

«Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan tarixiy oq futbolkamiz matosiga to'qilgan o'ziga xos naqsh bilan ajralib turadi. Bu dizayn uy stadionimiz «Kreyven Kottedj» yonidan oqib o'tuvchi daryo to'lqinlaridan ilhomlanib yaratilgan», — deyiladi klub xabarida.

Manba: Stadion.uz