"Fulxem" vingeri: "Menga etarli vaqt berilmadi"

"Fulxem" vingeri Samuel Chukvueze "Milan"da o'zini ko'rsatish uchun etarli vaqt berilmaganiga ishonadi.
Nigeriyalik futbolchi bu mavsumdan beri ingliz klubida ijara asosida o'ynab kelmoqda.
"Menimcha, menga etarli vaqt yoki kerakli imkoniyatlar berilmadi. Lekin bu futbol. Men shunchaki ishlashda davom etishim kerak. Balki bir kun kelib men A Seriya yoki La Ligaga qaytaman yoki Premer-ligada qolaman. Ingliz futboli, ehtimol, mening uslubimga italyan taktikasidan ko'ra ko'proq mos keladi", dedi Chukvueze.