"Fulxem" bosh murabbiyi Marku Silva "Arsenal"ning kadrlar masalasidagi muammolari haqida gapirdi.

Shanba kuni "kottejerlar" Angliya Premer-ligasining 8-turida "kanonirlar"ni o'z uyida qabul qiladi.

"Madueke o'ynay olmaydimi? "Arsenal"da Saka bor. Xaverts yo'qmi? Ammo 75 million funtga sotib olingan Dyokeresh bor. Bu ham yomon emas. Edegor yo'qmi? Eze bor", - dedi Marku Silva matbuot anjumanida.

"Fulxem" - "Arsenal" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.