"Fulxem" murabbiyi o'yindan keyingi fikrlari uchun diskvalifikatsiya qilindi

Mustaqil tartibga solish komissiyasi Angliyaning «Fulxem» klubi bosh murabbiyi Marku Silvani bir o'yinga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.
4 mart kuni «Fulxem»ning «Vest Xem»dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng, Silva Match of the Day ko'rsatuvi efirida «dala hovli egalari»ga qarshi qabul qilingan ayrim hakamlik qarorlaridan noroziligini bildirgan edi.
Shuningdek, Marku Silva 103 ming evro miqdorida jarimaga tortildi. Biroq, mutaxassis «Liverpul»ga qarshi bo'lajak uchrashuvda maydon chetida jamoasini boshqarishi mumkin, chunki apellyatsiya ko'rib chiqilgunga qadar diskvalifikatsiya amal qilishi vaqtincha to'xtatilgan.