«Liverpul»ning 17 yoshli futbolchisi Rio Ngumoha Premer-liga doirasida «Fulxem» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng intervyu berdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida vunderkind hisobni ochgan bo'lsa, 40-daqiqada Muhammad Saloh mezbonlarning ustunligini ikki barobarga oshirdi.

«Muhammad menga juda ko'p yordam berdi — ayniqsa mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida. Robbo (Endryu Robertson) esa undan ham ko'proq ko'mak berdi, chunki u chap qanot himoyachisi va ulkan tajribaga ega. U, ehtimol, o'z pozitsiyasida tarixdagi eng yaxshilardan biri bo'lsa kerak. Saloh esa, nazarimda, barcha davrlarning eng zo'r vingeridir», — dedi Ngumoxa jurnalistlar bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Muhammad Saloh va Endryu Robertson joriy mavsum yakunida erkin agent sifatida «Liverpul»ni tark etishadi.