"Fulxem" "Fiorentina" forvardi bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda

"Fulxem" "Fiorentina" hujumchisi Moyze Kin xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mail Sport xabar bermoqda.
Ammo futbolchining bu mavsumdagi formasi o'tgan yilga nisbatan ancha yomonlashgan. Agar u o'tgan mavsumda 25 ta gol urgan bo'lsa, joriy mavsumda uning hisobida hozircha faqat ikkita gol bor.
Qo'shimcha qilamizki, "Barselona" Moyze Kin transferini ham o'rganib chiqmoqda.