Froynd: "Hozirda Keynning faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini ko'ryapmiz"

"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd hujumchi Xarri Keynning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz hozirda Keynning faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini ko'ryapmiz.
Xarri biz uchun mukammal futbolchi, u Myunxenda o'zini qulay his qilmoqda va umid qilamizki, u bu erda kamida yana bir necha yil qoladi", - dedi Froynd.