Frenki de Yong «Barselona»dagi eng baxtli onini aytdi

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong klubdagi faoliyati davomidagi eng sevimli lahzasi haqida gapirib berdi. Niderlandiyalik futbolchi 2019 yilning yozida Amsterdamning «Ayaks» klubidan «ko'k-anorranglilar» safiga kelib qo'shilgan edi.
«Barselona»dagi eng sevimli lahzam — La Ligadagi g'alaba, ammo men klubdagi har bir kunimdan zavq olaman. Haligacha «Barsa»da o'ynayotganimga ko'nika olmayapman», — deya 28 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Ma'lumot uchun, Frenki de Yong ikki bor — 2023 va 2025 yillarda Ispaniya chempioni bo'lgan. Tez orada kataloniyaliklar navbatdagi chempionlikni naqd qilib qo'yishlari mumkin — hozirda Madridning «Real» klubi bilan oradagi farq to'qqiz ochkoni tashkil etmoqda.