Angliya Premer-ligasining yangi ishtirokchisi «Koventri» bosh murabbiy Frenk Lempard bilan shartnomani uzaytirdi. Lempard boshchiligida jamoa Premer-liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Klub matbuot xizmati ma'lum qilishicha, mutaxassis bilan imzolangan yangi kelishuv 2029 yilga qadar amal qiladi.

«Frenkning jamoa bilan yangi shartnoma imzolaganidan juda xursandman. U 2024 yil noyabr oyida kelganidan buyon klubimiz uning rahbarligida ulkan o'sish yo'lini bosib o'tdi.

O'tgan mavsum Chempionshipda qo'lga kiritilgan chempionlikdan keyin uning bizni butun bir avlod uchun ilk marta Premer-ligadagi mavsumga olib kirayotgani mutlaqo qonuniy natijadir», — dedi «Koventri» klubi egasi Dug King klub rasmiy saytiga bergan izohida.

Manba: Stadion.uz