«Frayburg» sardori finaldagi yirik mag'lubiyat sabablarini aytdi

«Frayburg» sardori Vinchentso Grifo jamoasining Evropa ligasi finalida «Aston Villa»dan uchralgan mag'lubiyatiga izoh berdi. Uchrashuv Angliya klubining 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
«Tan olish kerak, bugun «Aston Villa» kuchliroq edi. Afsuski, biz bugun ularning ishini qiyinlashtira olmadik. Raqib har bir jihatda yuqori mahorat bilan harakat qildi. Biz ularga haqiqiy bosim o'tkaza olmadik. Shu sababli «Aston Villa» haqqoniy g'alabaga erishdi», — deya Grifoning so'zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, «Aston Villa» o'z tarixida ilk bor UEFA kubogi / Evropa ligasida g'olib chiqdi. Shuningdek, «Aston Villa» ushbu turnirda zafar quchgan Angliyaning oltinchi klubiga aylandi.