«Frayburg» darvozaboni Atubolu transfer bozorida «berk ko'cha»ga kirib qoldi

«Frayburg» darvozaboni Noa Atubolu Angliya Premer-ligasi klublari tomonidan bo'layotgan qiziqishlarga qaramay, murakkab vaziyatda qoldi. Bu haqda Sport Bild xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli posbon «Aston Villa», «Liverpul» va «Chelsi» kabi klublarning nishonida bo'lsa-da, hozircha ularning hech biri aniq taklif bilan chiqmagan. Natijada uning hozirgi transfer oynasidagi holati «berk ko'cha» deb ta'riflanmoqda.
Darvozabon «Frayburg»ning Evropa Ligasidagi muvaffaqiyatli yurishida muhim o'rin tutgandi — jamoa finalga qadar etib borgan (finalda «Aston Villa»ga imkoniyat boy berilgan). U turnir davomida 5 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Futbolchi 2027 yilda yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgach, «Frayburg» rahbariyati u yangi mavsumda asosiy darvozabon bo'lmasligini ma'lum qilgan.
Inliz klublarining qiziqishiga qaramay, Atubolu ular uchun ustuvor transfer maqsadi emas. Darvozabon bozordagi vaziyat o'zgarishini kutishga majbur, «Frayburg» esa moliyaviy bosimni his qilmayotgani bois, uni sotishga shoshilmayapti.