«Frayburg» — «Aston Villa»: Evropa ligasi finali uchun start tarkiblar e'lon qilindi

Bugun, 20 may kuni Evropa ligasi finali doirasida Germaniyaning "Frayburg" va Angliyaning "Aston Villa" jamoalari o'zaro to'qnash keladi.
Uchrashuv Istanbuldagi "Tyuprash" stadionida bo'lib o'tadi. Bosh hakam sifatida Fransua Letekse ishlaydi. Uchrashuv 00:00 (Toshkent vaqti bilan)da start oladi.
Evropa ligasi, final
"FRAYBURG" (Germaniya) - "ASTON VILLA" (Angliya)
20 may. 00:00. Istanbul. "Tyuprash".
«Frayburg»: Atubolu, Kyubler, Ginter, Linxart, Troy, Eggeshtayn, Manzambi, Beste, Grifo, Xyofler, Matanovich.
«Aston Villa»: Martines, Kesh, Konsa, Torres, Din, Lindelyof, Tilemans, Makginn, Rojers, Buendiya, Uotkins.
Jamoalar yo'li:
Yarim finalda "Frayburg" "Braga"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:3 hisobida engdi. "Aston Villa" esa "Nottingem Forest"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Amaldagi chempion — "Tottenxem" bo'lib, o'tgan mavsum finalida "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobida enggan.