"Inter" yarim himoyachisi Davide Frattezi transfer oynasi yopilishidan oldin "Nyukasl Yunayted"ga o'tishi mumkin edi.

Jurnalist Matteo Morettoning so'zlariga ko'ra, "zag'izg'onlar" italiyalikni sotib olish sharti bilan 35-40 million evroga ijaraga olishni og'zaki taklif qilishgan.

"Neradzurrilar" bu summadan qoniqish hosil qilishdi, ammo A Seriya gigantlari rahbarlari to'g'ridan-to'g'ri transferni afzal ko'rishdi.

Qayd etilishicha, “Inter” ham, Davide Frattezining o'zi ham bu kelishuvni talab qilmagan.