Jahon chempionati-2026 1/8 finalidan o'rin olgan uchrashuv bosh hakami, o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev Frantsiyaning mashhur L'Equipe nashri tomonidan o'n ballik tizimda bor-yo'g'i bir ballga loyiq ko'rildi.

Gazeta o'yin davomida paragvaylik futbolchilar qo'pol o'ynaganiga qaramay, birorta ham ogohlantirish olmagani, frantsuzlarga esa uchta sariq kartochka ko'rsatilgani uchun hakamning ishini shunday baholagan.

Uchrashuv janjal bilan yakunlandi. O'yindagi yagona gol muallifi Kilian Mbappe Paragvay terma jamoasi darvozaboni bilan qo'l berib ko'rishishni rad etdi, buning evaziga posbon to'pni uning orqasidan uloqtirdi.

Bundan tashqari, Mbappe o'yin paytida to'qnashib ketgan Xunior Alonsoning ko'z o'ngida g'alabani namoyishkorona tarzda nishonladi.

Eslatib o'tamiz, Frantsiya 1:0 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi va u erda Marokash terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz