Frantsiyaning Ispaniyadagi elchixonasi: «Frantsiya terma jamoasining barcha o'yinchilari — frantsuzlar»

Frantsiyaning Ispaniyadagi elchixonasi milliy terma jamoa futbolchilarining barchasi frantsuz ekanligini eslatib o'tdi.
«Munozaraga kirishishni istamagan holda, faktlarni eslatib o'tish joiz. Frantsiya terma jamoasining barcha o'yinchilari — frantsuzlar. 26 nafar futbolchidan 23 nafari Frantsiyada tug'ilgan. Mamlakat tashqarisida tug'ilgan uch nafari ham frantsuzlardir», — deyiladi elchixona xabarida.
Avvalroq Ispaniyaning sobiq bosh vaziri Mariano Raxoy JCh-2026 yarim finalida Frantsiya terma jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuv haqida gapirar ekan, shunday degandi: «Ularda ajoyib tarkib bor — to'g'ri, frantsuzlarsiz. Mening ichimda biz g'alaba qozonamiz, degan hissiyot bor».
Bundan tashqari, Argentinaning Mendosa provintsiyasi vitse-gubernatori Ebe Kasado Frantsiya terma jamoasini «xulq-atvori yomon afrikalik jamoa» deb atagandi. Keyinchalik amaldor o'z so'zlarini irqchilik deb hisoblamasligini bildirdi. Ushbu mojaro fonida Frantsiyaning Argentinadagi elchixonasi Kasadoni «nomaqbul shaxs» (persona non grata) deb e'lon qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar