Jahon chempionati yaqinlashmoqda va Frantsiya terma jamoasida xavotirlanish uchun sabablar paydo bo'ldi. Foot Mercato xabariga ko'ra, frantsiyaliklar himoyachi Vilyam Salibaning holatidan tashvishda.

Saliba Chempionlar ligasi finaliga qadar sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelgan edi, «PSJ»ga qarshi o'yin esa jarohatni yanada og'irlashtirdi. Futbolchi hamon og'riq sezmoqda va bir necha haftani o'tkazib yuborishi mumkin.

Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o'yinini 16 iyun kuni Senegalga qarshi o'tkazadi. Shundan so'ng Dide Desham shogirdlari guruh bosqichida Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. Eslatib o'tamiz, o'tgan Jahon chempionati finalida Frantsiya terma jamoasi penaltilar seriyasida Argentinaga mag'lub bo'lgandi.