Frantsiyalik sobiq futbolchi: "Safonovga imkoniyat berish vaqti kelgandir"

Frantsiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Lionel Sharbone "PSJ" murabbiylar shtabini rossiyalik darvozabon Matvey Safonovga imkoniyat berishga chaqirdi.
Eslatib o'tamiz, rossiyalik 2025/2026 yilgi mavsumda hali bir daqiqa ham maydonga tushmagan.
"Luis Enrike Donnarummadan voz kechib, Safonovga imkoniyat berdi va bu ish berdi. Balki hozir Safonovga imkoniyat berish vaqti kelgandir", – dedi Shabone.