Frantsiyalik mutaxassis «PSJ»ning asosiy darvozaboni kim bo'lishi kerakligini aytdi

Frantsiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Raymon Domenek «PSJ» darvozaboni Lyuka Shevale atrofidagi vaziyatga o'z munosabatini bildirdi. Yosh frantsuz posboni ayni damda rossiyalik golkiper Matvey Safonov bilan raqobatda imkoniyatni boy bermoqda.
«Parij jamoasi himoyachilari Safonovga ishonishadi. Shevaleda esa bunday holat kuzatilmayapti. Lyuka maydonga tushgan vaqtlarda «PSJ» mudofaa chizig'i harakatlarida asabiylik sezilib turdi. Agar Shevale muntazam o'ynashni istasa, bu erda ishlari yurishmaganini tan olishi kerak. U o'zini boshqa jamoada sinab ko'rgani ma'qul», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Le10Sport nashri.
Eslatib o'tamiz, Lyuka Shevale 2025 yilning yozida 40 million evro evaziga «Lill»dan Parij grandi safiga o'tgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan. Biroq Safonovning ishonchli o'yini tufayli Shevale zaxira o'rindig'iga mixlanib qolmoqda.