Frantsiya terma jamoasi qanot himoyachisi Lyuka Din JCh-2026 yarim finalida «uch ranglilar»ning mag'lubiyatidan so'ng o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

Frantsuzlar Ispaniya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Evropaning amaldagi chempionlari ilk golni Din Lamin Yamalga nisbatan qoidani buzganidan so'ng belgilangan penaltidan kiritishdi.

«O'zimdan xafaman. Shuningdek, jamoam uchun, qilgan barcha sa'y-harakatlarimiz uchun va butun shu ajoyib jamoa uchun qayg'uryapman. Shuningdek, bizni shaxsan qo'llab-quvvatlagani kelganlar va Frantsiya hamda dunyoning barcha burchaklarida biz uchun muxlislik qilganlar haqida o'ylayapman. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz butun yo'limiz davomida bizga yordam berdi», — deb yozdi Din ijtimoiy tarmoqlarda.

Dide Desham jamoasi Jahon chempionatining bronza medali uchun Angliya milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 19 iyul kuniga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz