Frantsiyada yana "Lans" peshqadamlikni qo'lga oldi (Turnir jadvali)

Frantsiya chempionatida peshqadam almashdi.
"Lans" jamoasi "Parij" ustidan qozonilgan yirik g'alaba (5:0) evaziga "PSJ"ni ortda qoldirishga va turnir jadvalida birinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi. Per Saj jamoasi hisobida 52 ochko, amaldagi chempionlarda esa 51 ochko mavjud.
"Lion" 42 ochko va zaxiradagi bitta o'yin bilan uchinchi o'rinda bormoqda, "Marsel" (40 ochko) esa kuchli to'rtlikni yakunlab bergan.
