Frantsiyada mablag' etishmovchiligi sababli «Bordo» musobaqalardan chetlatilgani tasdiqlandi

Frantsiya milliy futbol boshqarmasining Apellyatsiya komissiyasi mablag' etishmovchiligi sababli «Bordo» klubining mamlakatdagi rasmiy futbol turnirlaridagi ishtiroki to'xtatilganini tasdiqladi. Bu haqda klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.
«Bordo» ishni mamlakatning eng oliy sport organi bo'lmish Frantsiya Milliy olimpiya va sport qo'mitasiga topshirganini ma'lum qildi.
«Klub o'z kelajagini ta'minlay oladigan echimlarni o'rganish va joriy etish uchun bor imkoniyatlarini safarbar etdi. So'nggi kunlarda klub loyihasi bo'yicha ishlarni davom ettirish maqsadida turli manfaatdor tomonlar ishtirokida, xususan, tijorat sudida boshlangan muhokamalar doirasida ko'plab amaliy qadamlar qo'yildi», — deyiladi «Bordo» bayonotida.
«Bordo» klubi 1881 yilda tashkil etilgan bo'lib, 6 marta Frantsiya chempioni va 4 marta mamlakat kubogi sohibi bo'lgan. Moliyaviy muammolar sababli 2024 yildan beri «Bordo» to'rtinchi divizionda ishtirok etib kelayotgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar