Frantsiya terma jamoasining jahon va Evropa chempionatlarida urgan oxirgi 25 ta goli «Real» va «PSJ» futbolchilari hissasiga to'g'ri keladi. Bu haqda Opta X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Joriy turnirda Frantsiya terma jamoasi 3-o'rin uchun kechgan bahsda Angliyaga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu o'yindagi gollarga Kilian Mbappe (dubl, «Real»), Bredli Barkola va Usmon Dembele (ikkalasi ham «PSJ») mualliflik qilishdi.

Bundan buyon Frantsiya terma jamoasida boshqa murabbiy ish boshlaydi. Dide Desham 14 yillik faoliyatidan so'ng o'z lavozimini tark etdi. Desham boshchiligida Frantsiya terma jamoasi 2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'olib chiqqan edi. Shuningdek, Frantsiya 2016 yilgi o'z uyida o'tgan Evro finaliga hamda 2022 yilgi jahon chempionati finaliga qadar etib borgan.

Manba: Stadion.uz