Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi JCh-2026 yarim finali oldidan Yamalga baho berdi

Frantsiya milliy jamoasi yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri JCh-2026 yarim final uchrashuvi arafasida Ispaniya terma jamoasining 19 yoshli vingeri Lamin Yamal haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Ispaniya va Frantsiya – buyuk terma jamoalar. Yamalmi? U juda zo'r. Tezkor futbolchi, raqibni aldab o'tishni yaxshi biladi. Ammo Laminni muhokama qilishdan oldin, butun Ispaniya terma jamoasi haqida gapirish kerak», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar