Frantsiya terma jamoasi va Zidan o'rtasidagi shartnoma tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Frantsiya terma jamoasini boshqaradi.
RMC Sport nashrining xabariga ko'ra, mutaxassisning ushbu lavozimga tayinlangani haqida keyingi haftaning juma kuniga qadar rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. Frantsiya futbol federatsiyasi shartnoma 21 iyulgacha imzolanishini istayapti, chunki kelishuvga allaqachon erishilgan, faqatgina rasmiy imzolash jarayoni qolgan, xolos.
Zidanning milliy jamoadagi maoshi mukofot pulllarisiz 300 ming evroni (bonuslar bilan birga esa 450 ming evroni) tashkil etadi — yangi qonunchilikka ko'ra, terma jamoa murabbiyi bundan ortiq maosh olishi mumkin emas. Zidanning murabbiylar shtabi 25 nafar mutaxassisdan iborat bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan 2021 yildan buyon ishsiz hisoblanadi. U «Real»ni 2016 yildan 2018 yilgacha hamda 2019 yildan 2021 yilgacha bo'lgan davrda boshqargan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar