Frantsiya terma jamoasi uchinchi o'rin uchun bahsda o'ynashni istamayapti

Frantsiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining uchinchi o'rin uchun kechadigan bahsida Angliyaga qarshi maydonga tushadi.
Ko'pchilik tomonidan turnirning asosiy favoriti deya e'tirof etilgan frantsiyaliklar yarim finalda Ispaniyaga imkoniyatni boy berishdi (0:2). L'Equipe nashri Frantsiya terma jamoasiga yaqin manbalarga tayanib xabar berishicha, «uch ranglilar» futbolchilari final o'rniga uchinchi o'rin uchun bahsda ishtirok etishga majbur bo'layotganidan ruhiy tushkunlikda: «Ular bu erga buning uchun kelishmagan edi».
Ko'rinishidan, Frantsiya terma jamoasi etakchilari ushbu bahsda maydonga tushishga unchalik ishtiyoqmand emas. Bosh murabbiy Dide Desham Angliyaga qarshi o'yinda tarkibda jiddiy rotatsiya amalga oshirishi kutilmoqda. Darvoqe, ushbu bahs murabbiy uchun iste'foga chiqishidan oldingi so'nggi uchrashuv bo'ladi. O'yin 19 iyul kuni (Toshkent vaqti bilan 02:00) bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar