Frantsiya terma jamoasi tarkibida katta o'zgarishlar bo'ladi

Himoyachi Lukas Ernandes va yarim himoyachi N'Golo Kante 2026 yilgi Jahon chempionati doirasida Angliyaga qarshi kechadigan uchinchi o'rin uchun bahsda Frantsiya terma jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushadi, deb xabar bermoqda L'Equipe. Har ikkala futbolchi ham ushbu turnirda ilk bor o'ynaydi. Ular frantsiyaliklarning avvalgi barcha o'yinlarini zaxira o'rindig'ida o'tkazishgan.
BeInSports ma'lumotiga ko'ra, frantsiyaliklarning inglizlarga qarshi bahsdagi asosiy tarkibi Ispaniyaga qarshi kechgan yarim final (0:2) uchrashuviga nisbatan ettita o'zgarish bilan maydonga tushadi: Mayk Menyan, Malo Gyusto, Ibraima Konate, Maksens Lakrua, Lukas Ernandes, Manu Kone, N'Golo Kante, Usmon Dembele, Rayan Sherki, Bredli Barkolya, Kilian Mbappe.
Jahon chempionatining bronza medallari uchun kechadigan Frantsiya — Angliya uchrashuvi yakshanbaga o'tar kechasi «Mayami Stedium» stadionida bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar