Frantsiya terma jamoasi nimchorak final o'yini oldidan asosiy tarkib futbolchisini yo'qotdi

Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni JCh-2026 nimchorak finali doirasidagi Paragvayga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Madridning «Real» klubi futbolchisi juma kungi mashg'ulotlarda sonida noqulaylik his qilgan, deb xabar bermoqda jurnalist Fabris Xokins. Xavbek taxminan to'rt kunni o'tkazib yuboradi — Dide Desham 5 iyuldan 6 iyulga o'tar kechasi soat 02:00 da bo'lib o'tadigan bo'lajak uchrashuvda uning xizmatlaridan foydalana olmaydi. Agar kutilmagan rejadan tashqari holatlar yuz bermasa, futbolchi chorak final bahsida maydonga qaytadi — albatta, buning uchun «uchranglilar» paragvayliklarga qarshi bo'lajak bahsda g'alaba qozonishlari talab etiladi.
Ma'lumot uchun, Orelen Tchuameni Frantsiya terma jamoasining JCh-2026dagi to'rtta o'yinidan uchtasida asosiy tarkibda maydonga tushgan va o'z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo'ygan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar