Frantsiya terma jamoasi Mbappe bo'yicha bayonot berdi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi bahsda jarohat oldi. Futbolchining to'pig'ida jarohat borligi aniqlandi.
Frantsiya futbol federatsiyasi Mbappe bo'yicha bayonot berdi. Matbuot xizmati yulduz to'purar 13 oktyabr, dushanba kuni bo'lib o'tadigan Islandiyaga qarshi o'yinga terma jamoa bilan bormasligini ma'lum qildi. Kilian "Real" bazasiga qaytmoqda va u erda jarohatini davolaydi.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya o'z maydonida Ozarbayjonni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. "Uch ranglilar" safida gollarga Mbappe, Rabo va Toven mualliflik qildi.