Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionati-2026 yarim finalida Ispaniyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Gollarga Mikel Oyarsabal (penaltidan) va Pedro Porro mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, "uch ranglilar" mamlakatning eng asosiy davlat bayrami — 14 iyul kuni mag'lubiyatga uchrashdi. 1789 yil 14 iyulda Frantsiya mutlaq monarxiyasining qulashiga asos solgan Buyuk frantsuz inqilobi boshlangan edi.

Endi Frantsiya terma jamoasi uchinchi o'rin uchun "tasalli" beradigan bahsda ishtirok etadi. Ularning raqibi Argentina yoki Angliya terma jamoasi bo'ladi. Ispaniyaliklar esa finalga yo'l olishdi.

Manba: Stadion.uz