Frantsiya terma jamoasi logotipini o'zgartirdi

Frantsiya terma jamoasi Zinedin Zidan bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng o'z emblemasini yangiladi.
Emblema markazida mamlakat ramzi hisoblangan gall xo'rozchasi saqlanib qoldi. Shuningdek, tarixda ilk bor logotipda «France» (Frantsiya) yozuvi paydo bo'ldi, FFF (Frantsiya futbol federatsiyasi) abbreviaturasi esa kichraytirildi.

Kuni kecha Zidan FFF bilan to'rt yillik shartnoma imzolagani rasman e'lon qilingan edi. Ushbu lavozimda u 2012 yildan beri Frantsiya terma jamoasini boshqarib kelayotgan Dide Deshamning o'rnini egalladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar