Frantsiya terma jamoasi hujumchisi top-klublarning yangi nishoniga aylandi

"Arsenal" va "Liverpul" jamoalari "Kristal Pelas"ning frantsiyalik forvardi Jan-Filipp Mateta xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Futbolchining mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Matetaning narxini 35 mln evroga baholamoqda.
Frantsiya terma jamoasi safida hujumchi uchta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi ikkita gol urdi.