Frantsiyalik himoyachi Lyuka Din «Aston Villa»dan «PSJ»ga o'tishga yaqin turibdi.

Avvalroq kelishuv yaqin vaqt ichida yakunlanishi haqida xabar berilgan edi. Taniqli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o'yinchining parijliklar bilan mehnat shartnomasi uch mavsumga – 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallanganini aniqlashtirdi.

OAV xabarlariga ko'ra, parijliklar 32 yoshli futbolchi uchun taxminan 10 million evro to'laydi. Hozirda Din Frantsiya terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Uning jamoasi mundialning yarim finaliga qadar etib bordi va bugun Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz