Frantsiya terma jamoasi Braziliyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Frantsiya terma jamoasi 2026 yilning mart oyida ikkita o'rtoqlik o'yini uchun raqiblarni e'lon qildi.
AQShda frantsuzlar Braziliya (26 mart) va Kolumbiya (29 mart) bilan o'ynaydi. Ushbu o'yinlar JCh-2026ga tayyorgarlik doirasida bo'lib o'tadi.
JCh-2026 guruh bosqichiga qur'a tashlash natijalariga ko'ra, Frantsiya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va pley-off g'olibi (Boliviya/Surinam/Iroq) bilan kvartetga tushdi.